Ibirimo
Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusi: birgalikda dunyoni zabt etamiz ⚡️ Davlatimiz rahbari tomonidan Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusiga start berildi. Mazkur loyiha 3 ta asosiy yo'nalishni o'z ichiga oladi. ✨ Yoshlarimizning orzularini haqiqatga aylantiruvchi ilk yo'nalish Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturi hisoblanadi. Milliy dastur orqali har yili respublika miqyosida 1500 nafar 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinib, dunyoning top-100 oliygohlariga tayyorlanadi. 💫Shuningdek, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ham tashkil etilib, unda zamonaviy ta'lim bilan bir qatorda o'quvchilar dunyoning top-10 oliygohlarigatayyorlanadi. 💥 Ushbu yoshlarimiz salohiyatidan unumli foydalanish va ularni jamiyatimiz bilan bog'lash maqsadida Prezident iqtidorli farzandlari hamjamiyati ham faoliyat yuritadi. 🎗Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusiga qo'shiling va o'z bilimingiz bilan dunyoni zabt eting. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #milliydastur#hamjamiyat#tashabbus ✅Bizga qo'shiling Telegram | Instagram | Facebook