Ibirimo
Bugun “Garvardchilar maktabi”ga qabulning soʻnggi kuni ❗️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul bugun soat 23:59 da yakunlanadi. 📣Maktabning 1-bosqich saralash imtihoni 12-iyul kuni 13 ta hududda tashkil etiladi. 🗣Birinchi bosqich imtihoni Matematikava ingliz tili fanlaridan har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida tashkillashtiriladi. ⏰ Bunda Matematika fani topshiriqlarini yechish uchun 90 daqiqa, Ingliz tili fani topshiriqlari uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi. ✅ Birinchi bosqich saralash imtihoni natijalari asosida 300 nafar eng yuqori koʻrsatkichga ega nomzod saralab olinadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi. 📩 Imtihondan 3 kun oldin ruxsatnomani yuklab olish uchun sms-xabarnoma arizada kiritilgan telefon raqamingizga yuboriladi. 📍Ruxsatnomada imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti koʻrsatilgan boʻladi. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin boʻladi. 📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet @alberuniyuzb