TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May
SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May avatar

TGINSIGHT POST

Post #1387

@satislomxon

SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May

Ibireba2,710Umubare w'ibireba
Yoherejwe15 Nze.2025-09-15 10:47
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

❗️SAT imtihonida 1200 dan yuqori ball olganlar qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilinadi Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi. Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga ko‘ra, quyidagi 3 ta xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga imtiyozlar belgilandi: 1️⃣“A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi; 2️⃣“International Baccalaureate” sertifikati (32 va undan yuqori ball) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi; 3️⃣“Scholastic Aptitude Test - SAT” xalqaro imtihonida(eng yuqori ballning 75 foizi - 1200 ball va undan yuqori) — qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. ❓Bu imtiyoz qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi? ✅ JAVOB: ushbu imtiyoz sertifikat berilgan fan kirish imtihonlari tarkibida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli bo‘ladi. 👉@xushnudbek👈