Ibirimo
✅✅✅✅ “Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi ishtirokchilari nigohida ✔️ “Renessans” oromgohida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda. Bugungi kunda o‘quvchilar uchun tayyorgarlik bo‘yicha maxsus platformaning taqdimoti o‘tkazildi. 💡 Mazkur platforma orqali o‘quvchilar ingliz tilida olib boriladigan buxgalteriya hisobi, biznes asoslari hamda zamonaviy yondashuv fanlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 🗣 Tadbir davomida platformaning ishlash tizimi, uning afzalliklari va o‘quv jarayonidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Taqdimotda kontent bo‘yicha menejer hamda asosiy o‘qituvchi Islom Saidov asosiy spiker sifatida ishtirok etdi. 📢 Eslatib o‘tamiz, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida hozirda 1 500 nafar o‘quvchi ushbu fanlarni chuqur o‘rganmoqda. Bizni kuzatib boring👇 📱Telegram I📱InstagramI📱FacebookI📱YouTube