Ibirimo
#SAT#mock SAT MOCK IMTIHONI 🤩Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 3-dekabr kuni Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun SAT imtihoniga tayyorgarlikni oshirish maqsadida SatIslomxon jamoasi bilan birgalikda SAT Mock Imtihoni bo‘lib o‘tadi. Mock imtihonda sizni SAT standartlariga to‘liq moslashtirilgan test, har bir ishtirokchi uchun individual natija hisoboti hamda mutaxassis Islomxon Saidov tomonidan xatolar tahlili va ballni oshirish bo‘yicha tavsiyalar kutadi. 🔗Mock imtihoni bepul 3-dekabr kuni soat 15:10da bo‘lib, unga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Ishtirok etish orqali siz haqiqiy SAT sharoitida tajriba orttirish, bilimingizni aniq baholash va samarali tayyorgarlik usullarini o‘rganib olishingiz mumkin! _ 🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Web🌐Youtube🌐Linkedin