Ibirimo
#PiDay#Matematika 14-mart — Pi kuni munosabati bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida matematika ixlosmandlari uchun Matematika festivali bo‘lib o‘tdi 📌 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O‘tkir Roziqov“Pi soni: g‘ildirakdan koinotgacha” mavzusida ilmiy ma’ruza qilib, Pi sonining ilm-fan va koinotni tushunishdagi ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, festival doirasida: 🔹 Azamat Abduvohidov — SAT imtihonidagi masalalarni yechish strategiyalari bo‘yicha (o‘qituvchilar uchun) 🔹 Mo‘minov Alisher— murakkab matematik masalalarni tez va aniq yechish usullari bo‘yicha (o‘quvchilar uchun) master-klasslar o‘tkazdi. Tadbir matematika ixlosmandlari uchun ilmiy muloqot, tajriba almashish va yangi bilimlar olishga boy bo‘ldi. 😎 Tez kunda universitetimizning YouTube platformasida matematika festivalini to'liq holda taqdim etamiz! @aifu_university