TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May
SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May avatar

TGINSIGHT POST

Post #318

@satislomxon

SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May

Ibireba6,470Umubare w'ibireba
Yoherejwe12 Nze.2024-09-12 13:06
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

❓SAT sertifikatiga ega bo'ldizmi? Lekin, hali ham ustama olish uchun sertifikatizni qayerga olib borishni bilmayabsizmi? Unda ushbu postni o'qing. 💠Demak, SAT imtihonini muvaffaqiyatli topshirib 700 va undan yuqori ball to'plaganingizdan so'ng, www.collegeboard.org web-sayt orqali o'z profilingizga kirib, SAT sertifikatingizni PDF shaklida yuklab olishingiz kerak. 📃So'ng, yuklangan PDF shakldagi sertifikatni to'liq ko'ringan holda nusxasini printerdan chop etib, maktabingiz direktori yoki direktor o'rinbosari (o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari)ga taqdim qilishiz kerak. ✔️Sertifikat yuqori turuvchi tashkilot (hududiy bo'lim yoki vazirlik) tomonidan tekshirilgandan keyin, maktabning bosh hisobchisi tomonidan tasdiqlangan sertifikat asosida sizga 50%lik qo'shimcha ustama belgilab beriladi. ⚠️Eslatib o'tamiz: O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 29-may kuni 3515-son bilan Adliya vazirligidan ro'yxatda o'tkazilgan qo'shma qaroriga ko'ra SAT imtihonining matematika qismidan 700 va undan yuqori ball to'plagan matematika o'qituvchilariga 50%lik ustama to'lab berish belgilangan. Hoziroq SAT imtihoniga tayyorlanishni biz bilan boshlang va 50%lik ustamaga ega bo'ling yoki xalqaro universitetlarga grant asosida kiring ✔️ Serifikat olib, lekin nima qilishni bilmay yurgan do'stingizga postni yuborib qo'ying.✈️ Savollar bo'lsa @satislomxonadmin ga murojaat qiling. 🤖Bizning BOT: t.me/sat_practice_tests_free_bot 📱Telegram 📱Instagram📱Youtube