TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Subira ku nzira
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ avatar

TGINSIGHT CHAT

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

@trkuz_official

Ubucuruzi n'Iterambere

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: www.trk.uz Aloqa markazi: (71) 205-57-57 Murojaatlar va savollar uchun guruh: @trkuz_murojaat

Abiyandikishije4,510Abiyandikishije bari mu nzira
Ubutumwa727Ubutumwa bwahuguriwe
Icyagezweho15,631Ibireba ubutumwa bw'ubu
Ubutumwa bw'ubu

Ubutumwa bw'ubu

Uk. 1 kuri 61 · ubutumwa 727

Yoherejwe -22 d

🔔 Bugun bitiruvchilar maktab bilan xayrlashmoqda Ular orasida ertangi kun tadbirkorlari, investorlar, bankirlar, innovatorlar va ehtimol, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning bo‘lajak xodimlari ham bor. Bugun katta hayot sari qadam qo‘yayotgan yoshlar ertaga o‘z g‘oyalari, tashabbuslari va biznes loyihalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin. Bugun yurtimizda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan bugunga qadar 8 577 nafar yosh tadbirkorning loyihalariga 2,6 trln so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Barcha bitiruvchilarni hayotidagi muhim bosqich bilan tabriklaymiz va ularga ulkan yutuqlar tilab qolamiz! Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| LinkedIn

641 views

Yoherejwe -25 d

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: sohadagi muammolar va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda mutasaddi vazirlik va idoralar ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda xususiy sektor vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda biznes yuritish muhitini yaxshilash masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning samaradorligini oshirish va tadbirkorlar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaat alohida nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| LinkedIn

1,250 views

Yoherejwe -26 d

Yangi hamkorlik — tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar! Joriy yilning 20-may sanasida “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ hamda “APEXBANK” AJ o‘rtasida “Portfel kafolati” bo‘yicha Bosh bitim imzolandi. Mazkur hamkorlik tadbirkorlarning kredit ta’minoti bilan bog‘liq imkoniyatlarini kengaytirish, moliyalashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda biznes loyihalarini yanada tezroq amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| LinkedIn

1,250 views

Yoherejwe -27 d

🔅Kompaniya ko‘magida rivojlanayotgan tadbirkorlik subyektlari haqidagi reportajlarimiz davom etadi. Bu gal Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan “ARTATEX” MChJ faoliyati bilan tanishamiz. Korxona “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning Xizmatlar ipotekasi yordamidan foydalanib, Turkiya va Xitoydan zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarini olib keldi. Bu esa xarajatlarni qisqartirish, mahsulot sifatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berdi. Hozirda korxona mahsulotlarini Amerika, Rossiya va Germaniya davlatlariga eksport qilmoqda. 🗣Batafsil navbatdagi reportajimizda. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| LinkedIn

1,230 views

Yoherejwe -27 d

#hafta_raqami 🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan ko‘rsatilgan haftalik yordamlar(11.05.2026–15.05.2026 holatiga) Telegram |Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn

1,000 views

Yoherejwe -27 d

💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi! 🗣 Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha bosh mutaxassis Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 25-may 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodga qo‘yilgan talab va vazifalar bilanlavozimga biriktirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn

1,090 views

Yoherejwe -27 d

🔅Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 🗣Mazkur memorandum ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, iqtisodiyot-moliya yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn

1,340 views

Yoherejwe -28 d

🔅Murobaha xizmatining ilk mijozi Kompaniyaning Islom moliyasi tamoyillariga asoslangan Murobaha xizmatidan ilk bora farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Orzu Med Global” korxonasi foydalandi. Korxona va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ o‘rtasida qo‘shimcha mahsulotlar xarid qilish uchun 450 ming dollar miqdorida Murobaha shartnomasi imzolandi. Farmatsevtika sohasi aholining zarur dori vositalari bilan ta’minlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu bois mazkur loyiha nafaqat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, balki ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda xususiy sektor imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. 🗣Videoda tadbirkor nega aynan Kompaniyani tanlagani borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| LinkedIn

1,640 views

Yoherejwe 14 Gic.

🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida 2026-yil 1-mayholatiga ma‘lumot Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| LinkedIn

2,240 views

Yoherejwe 12 Gic.

💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rinlariga tanlov asosida taklif etadi! 🗣 Davlat dasturlari va nomoliyaviy xizmatlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi 🗣 Monitoring boʻlimi bosh mutaxassisi Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 17-may 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodga qo‘yilgan talab va vazifalar bilanlavozimga biriktirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn

2,110 views

Yoherejwe 12 Gic.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ pinned a photo

views

Yoherejwe 12 Gic.

🔅Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq posyolkasidagi sanoat korxonasi bugun natriy sulfat ishlab chiqarish hajmini oshirib, mahsulot sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Korxona “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning kafillik xizmatidan foydalanib, Xitoydan zamonaviy texnologik uskunalar olib keldi va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etdi. 🗣Batafsil navbatdagi reportajimizda. Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| LinkedIn

1,840 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••6061
IbanzirizaUk. 1 kuri 61Ikurikira