TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← «O’zaviatsiya» Agentligi
«O’zaviatsiya» Agentligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1130

@uzcaa

«O’zaviatsiya» Agentligi

Ibireba703Umubare w'ibireba
Yoherejwe21 Ukw.2025-10-21 09:44
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin! 🇺🇿 Hurmatli hamkasblar! Bugun — 21-oktyabr, yuragimizga yaqin, g‘urur va faxr tuyg‘ularini uyg‘otuvchi muhim sana — O‘zbek tili bayrami kuni! O‘zbek tili — xalqimizning bebaho boyligi, milliy g‘ururimiz, tariximiz va ma’naviyatimizning asosi sanaladi. Ushbu muqaddas til orqali biz ajdodlarimiz merosini asraymiz, kelajak avlodga ma’naviy boylikni yetkazamiz. Til — millat ko‘zgusi. O‘z ona tilimizga ehtirom bilan qarash, uni sevish va rivojlantirish har birimizning sharafli burchimizdir. Bayram barchamizga muborak bo‘lsin! Ona tilimiz — O‘zbek tilining sha’ni doimo baland, maqomi yuksak bo‘lsin! gov.uz/uzcaa | Facebook |Telegram | Instagram