Ibirimo
O‘zbekiston Respublikasida parvozlar xavfsizligi madaniyatini takomillashtirish Fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi madaniyatini takomillashtirish maqsadida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Airbus kompaniyasi bilan hamkorlikda 2026-yil 9-13-fevral kunlari AZIMUT Grand Hotel Tashkent anjumanlar zalida "Parvozlar xavfsizligi madaniyati va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini (SDCPS) takomillashtirish" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seminarning asosiy mavzusi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi madaniyatini rivojlantirish, parvozlar xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, SDCPS tizimining ishlash samaradorligini oshirish. Tadbir doirasida parvozlar xavfsizligini boshqarish, xavflarni aniqlash va ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qilish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalar taqdim etiladi. gov.uz/uzcaa | Facebook |Telegram | Instagram