TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← «O’zaviatsiya» Agentligi
«O’zaviatsiya» Agentligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #17

@uzcaa

«O’zaviatsiya» Agentligi

Ibireba207Umubare w'ibireba
Yoherejwe9 Gas.2021-02-09 13:04
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

Аlisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʼyildi Bugun poytaxtimizdagi Аdiblar xiyobonida buyuk shoir tavalludining 580 yilligiga bagʼishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda mamlakatimiz ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʼ bobokalonimizga ehtirom koʼrsatish, asarlarini oʼrganish, uni dunyoda keng targʼib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Ўзбекистон Республикаси Транспорт Вазирлиги ҳузуридаги Фуқаро авиацияси агентлиги uzcaa.uz | Facebook | Telegram