TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← «O’zaviatsiya» Agentligi
«O’zaviatsiya» Agentligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #456

@uzcaa

«O’zaviatsiya» Agentligi

Ibireba593Umubare w'ibireba
Yoherejwe1 Nze.2023-09-01 05:41
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi bayrami hamda yangi o’quv yili boshlanishi arafasida 31-avgust kuni “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK ning yangi o‘quv markazi o’z eshiklarini ochdi! “O’zaviatsiya” agentligi binosida “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK rahbariyatiga o‘quv markazi sertifikati tantanali ravishda topshirildi. Endilikda Markaz tomonidan havo harakatini boshqarish, radiotexnik ta’minot, parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi, sifat menejmenti tizimi va aeronavigatsiya axborot xizmati kabi soha mutaxassislari uchun Zamon talablariga javob bera oladigan malaka oshirish kurslar tashkil etilishi kutilmoqda. uzcaa.uz | Facebook | Telegram