Ibirimo
18 noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun 🇺🇿 Bugun 2023 yil 17 noyabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligida, Boshlang’ich kasaba uyushmasi hamda Yoshlar yetakchisi boshchiligida O‘bekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligini 32 yilligi arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 👉 Tadbir davomida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov ishtirok etdilar va Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni bilan yig‘ilish qatnashchilarini qutladilar. 👉 Tabrik so‘zidan so‘ng Direktor maslahatchisi tomonidan davlatimiz ramzi bo‘lgan bayroq haqida taqdimot ko'rinishida asosiy tushunchalar berildi. 👉 Tadbir yakunida “O‘zaviatsiya” agentligi Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi N.Yugay hamda Yoshlar yetakchisi L.Shorasulova tomonidan sovrinli test sinovlar o‘tkazildi. uzcaa.uz | Facebook | Telegram