TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← «O’zaviatsiya» Agentligi
«O’zaviatsiya» Agentligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #605

@uzcaa

«O’zaviatsiya» Agentligi

Ibireba577Umubare w'ibireba
Yoherejwe6 Wer.2024-03-06 04:33
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlashga doir tadbirlar “Oʼzaviatsiya” agentligi Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti hamda agentlik Kasaba uyushmasi hamkorligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentinig 2023 yil 21 dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-401-son qaroriga muvofiq “Oʼzaviatsiya” agentligida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash borasida ijtimoiy oʼrganishlar va tahlillar olib borish maqsadida 3-mart kuni xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash borasida ijtimoiy oʼrganishlar va soʼrovlar oʼtkazilishi tashkillashtirildi. Xotin-qizlar oʼrtasida goʼzal tabiat bagʼrida va sokin muhitda psixologik trening oʼtkazildi. Bu esa ishda unumdorlikni oshirishda, oilalarda xotirjamlikni taʼminlashda, yuqori kayfiyat bilan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. uzcaa.uz | Facebook | Telegram