TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← «O’zaviatsiya» Agentligi
«O’zaviatsiya» Agentligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #607

@uzcaa

«O’zaviatsiya» Agentligi

Ibireba640Umubare w'ibireba
Yoherejwe6 Wer.2024-03-06 11:53
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

“O’zaviatsiya” agentligi bosh mutaxassis-inspektori Gilfanova Marina Yevgenevna “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Joriy yilning 5 mart kuni O’zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan 8-mart “Xalqaro Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Mo’tabar ayol” ko’krak nishonlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Yuksak e’tirof etilgan ayollar qatorida “O’zaviatsiya” agentligining Aerodromlarni sertifikatlash bo’limi bosh mutaxassis- inspektori Gilfanova Marina Yevgenevna ham bor. Ushbu yuksak e’tirof bilan fuqaro aviatsiya sohasida 40 yildan oshiq faoliyat yuritayotgan “O’zaviatsiya” agentligi inspektori Gilfanova Marina Yevgenevnani muborakbot etamiz. uzcaa.uz | Facebook | Telegram