TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← «O’zaviatsiya» Agentligi
«O’zaviatsiya» Agentligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #884

@uzcaa

«O’zaviatsiya» Agentligi

Ibireba747Umubare w'ibireba
Yoherejwe21 Ukw.2024-10-21 07:30
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil! Muhtaram hamkasblar bugun 21-oktabr “Davlat tili kuni”, barchangizni millatimiz ruhi, milliy gʻururimiz – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz besh yilligi munosabati bilan siz va siz orqali barcha vatandoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Barchamiz uchun ona tiliga bo‘lga mehr va bilim ona allasi orqali boshlanadi. Millat tili bu millatning tarixi, uning madaniyati va millatning o‘zligini farqlovchi asoslaridandir. Odamlar ongida millat til bilan bog‘lanadi. Til xalq uchun muhim bo‘lib, uning milliy xususiyatlarini aks ettiradi. Batafsil uzcaa.uz | Facebook | Telegram