Ibirimo
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan ICAOning ICAN-2024 tadbiri doirasida O‘zbekiston delegatsiya Quvayt bilan muzokaralar o‘tkazdi 🤝 Ayni vaqtga qadar O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan aviaqatnovlar 1994-yilda imzolangan bitim asosida bajarilib, har biri tomondan faqatgina bittadan aviakompaniyaga parvozlarni amalga oshirish huquqi berilgan. So‘nggi yillarda har ikki mamlakat hududida yangi aviakompaniyalar tashkil etilganligini inobatga olgan holda xususiy aviakompaniyalarning yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish, aviatsiya bozorini to‘liq liberallashtirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, mazkur bitim shartlarini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelgan edi. Batafsil uzcaa.uz | Facebook | Telegram | Instagram