TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← kitobооkniga
kitobооkniga avatar

TGINSIGHT POST

Post #992

@kitobooknigam

kitobооkniga

Zobrazenia309Počet zobrazení
Publikované7. 4.07. 04. 2026 11:47
Obsah

Obsah príspevku

G‘azabim kuchaygan sari uning badalini yana o‘zim to‘lardim. Oilam, ishdagi do‘stlarim, hatto yo‘ldagi it ham bu g‘azabdan nasibasini olar edi. Uni kechirgan kunimdan boshlab go‘yo yaralarim tuzala boshladi. G‘azab tufayli ko‘ra olmagan tomonlarim bilan birma-bir tanisha boshladim. Go‘yo qayta tug‘ilgandek bo‘ldim. Avvallari dunyo dengizida, ustida temir shar ko‘targan qog‘oz kemadek bir joyga mixlanib yashayotgandek edim. O‘sha g‘azabni, o‘sha sharni tashlab yuborganim zahoti shunchalik yengilladimki, bir zumda dunyo ko‘zimda kengayib ketdi. Cheksiz ne’matlar, hikmatlar bilan to‘la bir dengizga ochildim. Faqat men emas, hamma narsa o‘zgardi. Yillar davomida nafratim tufayli ko‘ra olmagan hayot tomonlarini ko‘rdim. Gullarning hidi boshqacha bo‘ldi, hayvonlarning nigohi o'zgacha edi , farzandimning so‘zi yuragimga boshqacha tegdi... Har bir narsa, hatto koinot ham ichimda qayta tug‘ildi. Kechirish - zulmni oqlash emas, balki o‘zini ozod qilish ekanini o‘shanda angladim.