TGINSIGHT CHAT
Xurmo
@XurmoOfficial
Video and filmsBiz YouTube blogerlarining videolariga ovoz berish va ularni tarjima qilish bilan shug’ullanamiz📌 Reklama va hamkorlik bo’yicha: @profsoyuz_influence Tel.: +998 97 156 22 11 📩[email protected]
Nedavne objave
Stran 4 od 17 · 195 objav
Objavljeno 20. maj
Pul baribir kerak: Ruhoniy monologi "Istasang bor, ammo ibodatxonani qurish sening muammo bo‘ladi"- deyishdi unga diniy seminariyada. Segey rozi bo‘ldi. Ammo ko‘p o‘tmay u "avliyo ota" so‘ziga tadbirkor so‘zini qo‘shishga majbur bo‘ldi. Do‘stlaringiz, yaqinlaringizga kanalimiz haqida xabar bering. Kanal va undagi videolar bilan o‘rtoqlashing. Yangi videolarni o‘tkazib yubormaslik uchun qo‘ng‘iroqchani bosishni unutmang.
Objavljeno 18. maj
Al Kapone - yirik jinoyat to‘dasining yetakchisi. Djon Dillindjer - banklarni talon-toroj qilgan eng mashhur bosqinchi. Politsiyachilarni o‘qqa tutish bilan tanilgan Bonni va Klaydlar ham barchamizga yaxshi tanish. Biroq bugun biz bu qonunbuzarlarni ortda qoldirib, jinoyat olamida hammadan ham ko‘proq tanilgan odam haqida gaplashamiz. 💥U Buyuk Britaniyaning eng shafqatsiz mahbusi hisoblanadi. 💥U hayotining 46 yilini qamoqxonada o‘tkazdi. Ulardan 40 yili yakkalikdagi qamoqda o‘tdi. 💥U jami 120 ta qamoqxonani almashtirdi hamda xavfli jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan ruhiy xastaliklar shifoxonalarida davolandi.
Objavljeno 14. maj
Biz Jak Freskoga bag‘ishlangan turkum videolarining yakuniga yetmoqdamiz. Endilikda siz bu inson haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo‘ldingiz desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababli sizdan fikrlaringizni va albatta izohlaringizni kutib qolamiz. Qolaversa videolarni do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashishni va layk bosishni unutmang!
Objavljeno 14. maj
Biz vanihoyat Jak Freskoga bag‘ishlangan turkum videolarining yechimiga yaqinlashmoqdamiz. Izohlarda faoliyati o‘ta mavhum qahramonimiz haqidagi fikrlaringizni yozib qoldiring. Kanalga obuna bo‘lishni va layk bosishni unutmang.
Objavljeno 7. maj
Jak Fresko ilgari surgan g‘oyalar haqiqat yoki shunchaki fantaziyami? Bu Jak Fresko va uning "Venera" loyihasiga bag‘ishlangan turkum videolarining ikkinchi qismidir.
Objavljeno 4. maj
JAK FRESKONING JUMBOG‘I 1-qism | XURMO [GEO] Biz Jak Freskoga bag‘ishlangan turkum videolarini namoyish qilishni boshlaymiz! Mazkur turkum 4 qismdan iborat bo‘ladi va yaqin 2 hafta ichida, siz GEO tomonidan tayyorlangan hamda Jakning g‘oyalariga bag‘ishlangan turkum videolarga guvoh bo‘lasiz. Birinchi qism ko'rish uchun ilovadan o'ting!
Objavljeno 30. apr.
Bugun raqamli pul - bitkoin haqida eshitmagan odamni uchratish juda qiyin. Bugungi video orqali biz kriptovalyuta va pullarning kelajagi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lamiz. 💰
Objavljeno 29. apr.
Marokashda Azzo Bassou ismli inson topilgan. U tashqi ko‘rinishidan neandertal odamga o‘xshar edi. Bu g‘aroyib odam Skura shahridan uzoq bo‘lmagan, Dades vodiysida, tosh davridagi insonga xos holda g‘orda iste'qomat qilgan. Ovqat sifatida Azzo xom go‘sht va ildizlarni yegan, mehnat qurollari sifatida esa tosh hamda tayoqlardan foydalangan. G'or odami haqida ko'proq ma'lumot olish uchun havolaga o'ting👇🏻
Objavljeno 28. apr.
Djon Dillindjer dunyodagi birinchi bosqinchi-superyulduzdir. U o‘z zamonida prezident va hattoki gollivud aktyorlaridan ham mashhurroq bo‘lgan. 34-yilda har kuni bu tutqich bermaydigan bosqinchining sarguzashtlari matbuotda yoritilgan. Dillindjer Bonni va Klayddan hazar qilgan va ularni shunchaki ojiz havaskorlar deb hisoblagan. Bu bejizga emas albatta. Chunki bu ikkovlon bir qancha dollar uchun yonilg‘i quyish shoxobchalarini talagan bir pallada, Djon banklardan o‘n miglab dollarlarni olib chiqqan hamda bu talonchiliklarni katta mahorat bilan amalga oshirgan. Amerikada jinoyat "gullab-yashnagan" bu zamonda, Djon qanday qilib barcha bosqinchilardan o‘zib ketdi? Biz takroran 30 larga yo‘l olib, bu savolga birgalikda javob topishga harakat qilib ko‘ramiz. Bizni otishmalar, poygalar va FQB ning cheksiz omadsizliklari kutmoqda.
Objavljeno 23. apr.
Bugungi dasturimizda biz GO‘ZALLIK fenomeni atrofidagi savollarga birgalikda javob izlab topishga harakat qilamiz. Nega narsalar ichida yuzlarni payqaymiz, yorqin mevalar qanday qilib Instagram'ga ta'sir qilishdi, go‘zallik niqobi nima, ayollar qaysi davrda alfa-erkaklarni tanlashmaydi, Eyfel minorasi va qadimgi Afrika manzilgohi ortida qanday fraktallar yashirin, nega bu chiroyli-yu, u esa yo‘q hamda MUKAMMAL abstrakt GO‘ZALLIK qanday ko‘rinishga ega kabi turkum mavzular navbatdagi videomizdan o‘rin olgan.
Objavljeno 22. apr.
Bugun biz iPhone'da qo‘shiqni qo‘ng‘iroq ohangiga ya'ni ringtonga qanday aylantirish mumkinligi haqida batafsil suhbatlashamiz.
Objavljeno 20. apr.
Bugun biz zamonaviy irqchilikning ko‘rinishi va namoyon bo‘lishi haqida gaplashamiz, masalaga doir barcha savollarga to‘xtalamiz. Qolaversa radikal ksenofob yoki irqchilikka qarshi chiqayotgan radikal kurashchilarni shunchaki ayblamasdan, mavzuga har tomondan yondashishga harakat qilamiz.