TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Fariz CS2
Fariz CS2 avatar

TGINSIGHT POST

Post #1587

@farizcs2

Fariz CS2

Ogledi301Število ogledov
Objavljeno19. mar.19. 03. 2026, 03:22
Vsebina

Vsebina objave

CS2’DA BUGUNGI YANGILANISH HAQIDA TO'LIQ 1️⃣ Qayta o‘qlash tizimi qayta ishlab chiqildi: endi magazinni (o‘qdonni) almashtirganda unda qolgan barcha o‘qlar yo‘qoladi va ularning o‘rniga zaxiradan yangi to‘la magazin olinadi. Zaxiradagi o‘q-dorilar endi qurol turiga qarab magazinlar, o‘qlar yoki drob (kartech) soni ko‘rinishida aks etadi. Joriy magazinning to‘lganlik darajasi endi o‘q ko‘rsatkichi ostida ko‘rinib turadi. Har bir qurol turi uchun zaxira magazinlar soni qayta moslashtirildi. 2️⃣ O‘yinning dastlabki besh raundi davomida endi o‘yin menyusida xaritadagi granatalar otish sxemalarini (raskidka) ko‘rish funksiyasi mavjud. "Siz qo‘llanmani pauza menyusida faollashtirishingiz mumkin. Avvaliga faol xaritalar to‘plami (active pool) uchun rasmiy maslahatlar bilan tanishib chiqing. Agar sizga aniqroq narsa kerak bo‘lsa, hamjamiyat ustaxonasidagi (Workshop) kerakli xaritaga obuna bo‘lishingiz mumkin", — deydi dasturchilar. 3️⃣ Endi sizda o‘yin ichidagi lobbi orqali do‘stlaringiz bilan hamjamiyat xaritalarida o‘ynash imkoniyati bor. P.s. Ha post obunachilar manfaati uchun "Игры и патчи" kanalidan chopildi @farizcs2