TGINSIGHT CHAT
So'zdin_so'z
@farqi_bormi
LinguisticsSo‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor! Murojaat uchun: @mirsanjars
Nedavne objave
Stran 1 od 53 · 636 objav
Objavljeno 14. okt.
NIMAAAAAAAA? Bunday sharhlash qayerdan kelib chiqqan bilmadim. Uslubiy qoidaga ham, mantiqiy mazmunga ham to'g'ri kelmaydi. Eng achinarlisi darsliklarda ham bunday "aqllilik" ka ko'p duch kelamiz. MAKTAB arabcha "o'qish joyi; yozuv stoli; bo'lim, idora" kabi ma'nolarni bildiradi. Yunoncha "scole" so'zining ko'chasiga ham kirmaydi. Ilk maktablarning kelib chiqishi haqida fikr aytib, oxirida bizda "scole" lar arabcha so'z "maktab" so'zi bilan yuritiladi desa, uslubiy va mantiqiy xatolik tuzatilardi. Buni o'qigan o'quvchi yoki talabada zaxira ma'lumot bo'lmasa, "maktab" so'zini yunoncha degan xato fikrga boradi, etimologik yondashuvda noto'gri yo'lga tushib qoladi. Gap qurilishi-yu so'zni o'z o'rnida ishlatish juda ahamiyatli ekanini barchamiz unutmasligimiz kerak, shart, darkor, zarur, lozim va lobuddir. Bizning kanal: @bumening_olamim @farqi_bormi
Objavljeno 8. apr.
#sõzdan_sõzning_farqi_bor SAYLOVNING REFERENDUMDAN FARQI. Saylo va referendum tushunchalari farqli tushunchalardir. Bu haqida O.Turg‘unovning “Saylov huquqi” kitobida shunday fikr keltirilgan: “Referendum(lotincha “referendum” so‘zi – “umumxalq ishi” ma’nosini anglatadi) bevosita demokratiyaning muhim belgisi va instituti bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishidagi eng muhim masalalarni ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladigan jarayonni aks ettiradi. Saylovlar referendumdan farq qiladi,ya’ni saylovlar davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni qonun, qonun loyihasi, konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi muammolarni o‘z ichiga olmasdan, u muayyan bir tuzilmani shakllantirish yoki mansabdor shaxslarni tegishli organ yoki ma’lum bir lavozimga saylashdan iboratdir”. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida esa,“Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki,Referendum oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, R. natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin” deya ma’lumot berilgan. Yana bir muhim jihat borki,saylovda aniq nomzodlar bo‘lib ularning biriga yoki hech biriga ovoz berish va bermaslik huquqi mavjud. Referendumda ma’lum bir muammo yozilib, unda so‘ng “Siz bunga rozimiz” deya savol qo‘yiladi va “Ha” yoki “Yo‘q” javoblaridan birini tanlash lozim bo‘ladi. Do‘stlaringizni ham taklif qilishni unutmang. https://t.me/farqi_bormi
Hashtags
Objavljeno 1. feb.
Objavljeno 31. jan.
#javob "O'zbek tilining imlo qoidalari" ning "Bosh harflar imlosi" bo'limi 71-bandida "Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi" deya yozib qo'yilgan. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, Shahrisabz davlat pedagogika instituti tarzida yozish me'yoriy holat hisoblanadi. So'rovnomada jami 1227 kishi ishtirok etib quyidagicha ovoz berishgan: Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti - 474 ta Shahrisabz Davlat pedagogika instituti - 155 ta Shahrisabz davlat Pedagogika instituti - 219 ta Shahrisabz davlat pedagogika instituti - 379 ta Qoidalarni eslab qoling va doimo unga amal qiling! Bizning kanal https://t.me/farqi_bormi
Hashtags
Objavljeno 28. jan.
Objavljeno 27. jan.
#sõzdan_sõzning_farqi_bor #Hmi_Xmi Balki, "H" bilan "X" ning o'rnini o'zgartirib qo'yarmiz. Xojathona ❌ Hojatxona ✅ Bizning kanal https://t.me/farqi_bormi
Objavljeno 20. jan.
#sõzdan_sõzning_farqi_bor “SOLIX FARZAND BERSIN“ DEB DUO QILMANG Yaxshi niyat bilan insonlar bir-birini duo qilayotgan paytda, og‘zaki holatda bilinmasligi mumkin, lekin yozma holatda "Solih" va "Solix" so‘zini farqlay olmaslik duoni qarg‘ish darajasiga olib keladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati“ da “Solih“ so‘ziga shunday tarif beriladi: SOLIH - [arabcha – xushaxloq; yaxshi, ochiq ko‘ngilli; yaxshi, ezgu; foydali; to‘g‘ri; salohiyatli, yaroqli] 1. Ezgu, savobli; eng yaxshi; foydali. Qur'onda.. solih amal ham imon tarkibiga kiritilgan. «O‘zME». 2. Kishiga faqat yaxshilik qiladigan, mo‘min-qobil, yaxshi. Farzandi solih. O‘g‘lingizga o‘qitib dinu diyonat yo‘lini, Solih-u duppa-durust ahli musulmon qilaman. Hamza. 3. Solih (erkaklar ismi). Solixso‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati“ da uchramaydi. Lekin so‘zlashuv uslubida, chorvadorlar leksemasida keng uchraydigan bu so‘z “Qo‘yning urg‘ochisi“ ma’nosida ishlatiladi. Demak,Siz kimgadir “Solix farzand“ tilasangiz, qo‘yday farzand tilaysiz. “Solih farzand“ tilasangiz, mo‘min-qobil farzand tilagan bo‘lasiz. P.s. Solixlar ko'payib ketgan, yaxshisi, solihlar ko'paysin! _Bizning kanal https://t.me/farqi_bormi
Hashtags
Objavljeno 2. sep.
#chaqchaqlashaylik #sõzdan_sõzning_farqi_bor Ranglarni farqlab oling. ✍Sadulla Quronov Bizning kanal https://t.me/farqi_bormi
Objavljeno 1. sep.
#sõzdan_sõzning_farqi_bor 1 yil oldin "Mustaqillik bayramining boshqa bayramlardan farqi bormi?" degan maqola yozib, òziga xos tabrik yozgan ekanman. Mustaqilligimiz abadiy bòlsin! Bizning kanal https://t.me/farqi_bormi
Hashtags
Objavljeno 30. avg.
#chaqchaqlashaylik Qoramaldoq qaysi barmoqning nomi? QORAMALDOQ - Boshmaldoq bilan o'rta barmoq o'rtasidagi ikkinchi barmoq; ko'rsatkich barmoq. Odatda navqiron ishchilar o'ng qo'lning qoramaldog'i va o'rta barmog'idan mahrum bo'lib turishadi. Gazetadan. Bizning kanal👇 @farqi_bormi
Hashtags
Objavljeno 10. avg.
#sõzdan_sõzning_farqi_bor Qiroatning tilovatdan farqi bormi? Qiroat —islom anʼanasida Qur'on oyatlarini tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, oʻziga xos ohangda oʻqish. Tilovat — asosan Qurʼon oyatlarini oʻqish. Qiroat bilan tilovatning farqi shundaki,Qiroat ilohiy oyatlar, vahiy oʻqishga ham, inson tomonidan bitilgan yozuv va sheʼrlarni oʻqishga ham qoʻllanaveradi. Tilovat esa, asosan, vahiy etilgan oyatlarni oʻqishdir. Hozirgi vaqtda Qiroatlarning ichida 2 xil — Imom Hafs rivoyati bilan Imom Osim qiroati va Imom Varsh rivoyati bilan Imom Nofeʼ qiroati mashhur hamda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Imom Osim Qiroati boʻyicha Qur'on oʻqiladi. Bizning kanal👇 https://t.me/farqi_bormi
Hashtags
Objavljeno 7. avg.
#sõzdan_sõzning_farqi_bor Hofizi Qur'on va homili Qur'on o‘rtasida qanday farq bor? Xalq orasida «Qur'onni yodlagan» va «Qur'onni ko‘targan» iboralari bir xil, ya'ni, «Qur'onni kitobga qaramasdan yoddan o‘qiy oladi», degan ma'noda qo‘llanadi. Ammo hadis istilohida va salafi solihinlar so‘zlarida yodlagan (hofiz) bilan ko‘targan (homil) o‘rtasida katta farq bor. Ular hofiz deb Qur'on oyatlarini yoddan o‘qiguvchini aytsalar, homil deb Qur'onni yoddan o‘qish bilan birga, ma'nolarini tushunib, uni hayotiga tatbiq etgan, unga amal qilgan kishini nazarda tutadilar. ✍ziyouz.com Bizning kanal https://t.me/farqi_bormi
Hashtags