Vsebina objave
⚡️«Sun’iy intellekt va xalqaro huquq» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Sun’iy intellekt va xalqaro huquq» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 🗣 Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va prognozlash oliy maktabi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti kabi davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Konferensiyada shuningdek, Italiya, Moʻgʻuliston, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Qozog‘iston davlatlari sunʼiy intellekt mutaxassislari hamda turli nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 📎Batafsil... 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube