Përmbajtja e postimit
MUNOSABAT Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, fuqaro farzandi ipak qurti go‘ngini fermer xo‘jaligi yeriga olib borayotgan vaqtda Ekologiya bo‘limi xodimi tomonidan jarima qo‘llanilgani haqidagi murojaat o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, hududda fuqarolar murojaatlari asosida nazorat tadbirlari olib borilgan. Barlos MFY hududidagi zovur chetida chiqindi mavjudligi aniqlangach, nazorat jarayonida fermer xo‘jaligi tomonga olib borilgan ipak qurti chiqindilari hamda o‘simlik qoldiqlari Norin–Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi zovur hududiga tashlangani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish xati olingan hamda amaldagi tartib asosida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, mazkur holat viloyat ishchi guruhi tomonidan ham nazoratga olingan. So‘nggi vaqtlarda zovur va ariqlarga chiqindi tashlash holatlari ko‘payib bormoqda. Bu esa atrof-muhit ifloslanishi, suv oqimlarining to‘silib qolishi hamda sanitariya muammolariga sabab bo‘lmoqda. Tabiatga befarqlik — kelajakka befarqlikdir. Barcha fuqarolarni atrof-muhit tozaligini saqlashga mas’uliyat bilan yondashishga chaqiramiz. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook