Përmbajtja e postimit
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida yosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari hamda boshqarmada faoliyat yuritayotgan yosh xotin-qizlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi taklif hamda tashabbuslarni o‘rganish, yosh xotin-qizlarning sohaga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va mulohazalarini tinglashdan iborat bo‘ldi. Ochiq muloqot davomida ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan hamda bitiruvchi yoshlarning ishga joylashish masalalari, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, gender tengligini ta’minlash, yosh xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, boshqarma rahbariyati tomonidan yosh xotin-qizlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida, samimiy va manfaatli ruhda o‘tdi. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook