TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #25665

@AndEko

Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi

Shikime206Numri i shikimeve
Publikuar22 maj22.05.2026, 02:09 m.d.
Përmbajtje

Përmbajtja e postimit

🟥🟦🟦 🟦🟦🟦 Andijonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda Andijon shahrida Biznes-ombudsman hamda Ekologiya boshqarmasi hamkorligida nazorat qiluvchi organlar vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-apreldagi PQ-138-son qarori hamda 17-apreldagi PF-63-son Farmonining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Xususan, mazkur hujjatlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, yangi imtiyoz va yengilliklar yaratishga qaratilgan muhim mexanizmlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan yer maydonlarini ajratish, kreditlash jarayonlari, elektr ta’minoti, soliq ma’muriyatchiligi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirilmoqda. Ayni paytda tadbir qizg‘in davom etmoqda. Tadbirkorlar tomonidan bildirilayotgan muammo va takliflar mutasaddilar ishtirokida atroflicha muhokama qilinmoqda.