Përmbajtja e postimit
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Andijon va Xo‘jaobod tumanlarida “Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarimizga xiyonatdir” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi. Davra suhbati avvalida Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘ining boshqarma jamoasiga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati o‘qib eshittirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining 2026-yil 12-maydagi 198-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning barcha ilovalari, ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari batafsil tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, tumanlarning “No‘xatak” va “Xidirsha” MFY faollari bilan “Ekologik madaniyat - mahalladan boshlanadi” mavzusida aholining ekologiya sohasida huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.