Садржај поста
Rossiyadagi mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan norozilik harakati yuzasidan Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari ishtirokida ommaviy norozilik uyushtirilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migransiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida maʼlum bo‘lishicha, 2023-yil 22-fevral kuni Moskva shahridagi "Crocus Group" qurilish maydonchasida mehnat migrantlari tomonidan norozilik harakati uyushtirilgan. Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli uyushtirilgan norozilik harakati oqibatida ish beruvchilar va migrantlar o‘rtasida jismoniy kuch ishlatilgan. Shundan so‘ng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uchrashib, ularning ishlagan barcha maoshlarini to‘lab berishga vaʼda bergan. Ushbu holatda jarohat olganlar va hibsga olinganlar o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt