TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← АВТМ в РФ
АВТМ в РФ avatar

TGINSIGHT POST

Post #298

@pavtm_rf

АВТМ в РФ

Прегледи305Број прегледа
Објављено9. мар09.03.2023. 14:27
Садржај

Садржај поста

Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz! So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bog‘liq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda. Xususan, qarindoshlariga pul o‘tkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul yechib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda. Ushbu holatlar bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul o‘tkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni so‘raymiz.