TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Садржај
Садржај поста
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Moskva viloyatidagi “Монотек”, Voronejdagi “Ролград”, “ИП К.И.Т.”, Sankt-Peterburgdagi “СК Дале” va Amurdagi “КАЙИ СТРОЙ” korxonalarida rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, Sankt-Peterburgdagi universitetda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.