TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Садржај
Садржај поста
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Moskva shahridagi “Antek-Fonchenko” va “Stroy-proekt”, Ulan-Udedagi “Smit”, “Dubrava”, “NoviyGorod”, "Best Plyus", Tuladagi “Volovskiy broyler”, “EkoStroy”, “Promet”, Volgograddagi “YevroXim-VolgaKaliy” Novy Urengoydagi “ERIELL” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.