Maudhui
Poytaxtimiz ko'chalari bo'ylab Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, jamoat transportlarining erkin harakatlanishini ta’minlash bo’yicha xizmat olib borilmoqda. Shu o’rinda haydovchilarga eslatma: Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi. ‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini soʼrab qolamiz. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati