TGINSIGHT CHAT
UzReport.news
@UzReport_uz
Habari na vyombo vya habariO'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 84 · machapisho 1,007
Imechapishwa 2 Mei
Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishida ishtirok etadi 3-4-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda boʻlib oʻtadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari tadbirning ochilish marosimida nutq soʻzlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
Baliqlarni nobud qilgan korxonaga 90 mln soʻmdan ortiq kompensatsiya hisoblandi Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani Achchisoy kanalida baliqlar nobud boʻlayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Ekologiya va iqlim o’zgarishi milliy qo’mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan o’rganildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
Orolbo‘yida yugurish marafoni Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol tubiga eko-ta‘lim sayohatlari” xalqaro haftaligi bo‘lib o‘tdi. Mazkur haftalik doirasida “Yoshlar yugurish marafoni” tashkil etildi. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
Navoiy viloyatida salkam 570 mln soʻmlik oltin va maʼdanli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda Navoiy viloyatining bir necha hududida oltinni noqonuniy qazib olish va ajratish bilan bogʻliq holatlar aniqlandi. Xususan, departamentning Tomdi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda fuqarolar O.I. va boshqalar «Bessopan» sanoat maydoni hududidan tarkibida umumiy bahosi 569,8 mln soʻmlik 315,1 gramm oltin moddasi boʻlgan 5200 kg maʼdanli toshlarni noqonuniy qazib olayotgan vaqtida ushlangan. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yana neft aralash suyuqlik oqayotgani kuzatilmoqda. Ayni damda holat Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga voqea joyiga chiqqan holda o’rganilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
Toshkent metrosining yer usti halqa yoʻli soat 5:00 dan ishlay boshladi 1-maydan boshlab Toshkent metrosining “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar soat 5:00 dan harakatlana boshladi. Bungacha metropolitenning boshqa yoʻnalishlaridan farqli ravishda, yer usti halqa yoʻlidagi bekatlar soat 6:00 dan ish boshlar edi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
Tramp AQSH Kongressiga Eronga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatilganini ma’lum qildi — Associated Press Ma’lum qilinishicha, prezident shu tariqa Kongress urushni ma’qullashi kerakligi borasidagi bahslarga chek qo‘yishga urinmoqda. Ammo hozircha AQSH kuchlari mintaqada qoladi. Pentagon muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, zarbalarni qayta boshlashga tayyorligini saqlab qolmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
Namanganda qalbaki dollar savdosiga chek qo‘yildi Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1984 y.t. shaxs va Chust tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSH dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 2 Mei
26 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi Migratsiya qonunchiligini buzgani uchun yana 26 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi. AQShning Omni Air International charter kompaniyasi samolyoti Texasdan uchib chiqib, beshta oraliq toʻxtashni amalga oshirdi. Yoʻldagi umumiy vaqt 36 soatni tashkil etdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 1 Mei
Prezident farmoniga muvofiq, Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi. Ular ikkinchi jahon urushi davrida, gʻoyat tahlikali vaziyatda, oʻz hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qoʻyib boʻlsa-da, Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq boʻlgan oʻzbekistonlik askar Boqijon Akramovga oʻz uylaridan joy berib, uning jonini asrab qolgan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 1 Mei
Sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sohasidagi vazifalar koʻrib chiqildi Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt va raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizda raqamlashtirish va sunʼiy intellektni joriy qilish orqali iqtisodiy oʻsishni jadallashtirish hamda insonlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, AT xizmatlari va dasturiy mahsulotlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, sohada 300 ming nafar yoshlarni band qilish hamda BMTning Elektron hukumat indeksida yurtimizni dunyoning yetakchi 30 davlati qatoriga kiritish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website
Imechapishwa 1 Mei
Alirizayev Shaxzod Shuxratovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2026-yil 24-apreldan Shahzod Shuhratovich yangi lavozimda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bunga qadar u "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| Website