TGINSIGHT CHAT
Samarqand | YKJ
@YKJ_Samarqand
Elimu🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi "Yoshlar kelajagimiz jamg'armasi" Samarqand viloyat filialining rasmiy telegram sahifasi! Murojaat uchun:+998954100104
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 84 · machapisho 1,004
Imechapishwa siku 10 zilizopita
🎉 Bugun 25-may! So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydigan kun! 🎁 Qadrli maktab bitiruvchilari! Barchangizni beg‘ubor o‘quvchilik davringizni ortda qoldirib, ezgu orzu-niyatlar bilan hayotingizdagi yana bir mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklayman. Ishonamanki, barchangiz davlatimiz, xalqimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanasiz. 🌐 Hech narsadan qo‘rqmang! Doimo olg‘a intiling! Iqtidoringizni qadrlang, uni oʻsib-unishi uchun doimiy izlanishda boʻling, ilm olishdan charchamang! 🎉 Barchangizga sihat-salomatlik, ish va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman. Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin! Hurmat bilan 🇺🇿Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va 👨🎓“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich
Imechapishwa siku 13 zilizopita
Samarqandda maxsus seminar treninglar bo'lib o'tmoqda "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi hamda Germaniya shparkassalar fondining malakali trenerlari ishtirokida bir guruh yoshlarga Germaniya o'quv dasturi asosida maxsus seminar treninglar tashkil etilmoqda Ushbu maxsus seminar treninglar orqali ishtirokchilar bank, kredit, omonat va boshqa moliyaviy bilimlarga ega bo‘lishlari va mustahkamlashlari mumkinligi amaliy mashg‘ulotlar orqali tushintirib o'tilmoqda. 🔰Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/YKJ_Samarqand
Imechapishwa siku 14 zilizopita
“Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o’tkazildi Samarqand davlat pedagogika institutida DXX Samarqand viloyati bo’yicha Boshqarmasi rahbariyati tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarning takliflarini tinglash maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida institut talabalari o‘zlarining tashabbus va takliflarini ilgari surib, ta’lim jarayoni, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qator dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida kechib, yoshlarning faolligi va tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikrini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi rejalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatlidir. 🔰Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/YKJ_Samarqand
Imechapishwa siku 16 zilizopita
Samarqandda “Yoshlar yagona elektron platformasi” bo‘yicha seminar o‘tkazildi Samarqand viloyati Yoshlar markazida mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari uchun e-yoshlar “Yoshlar yagona elektron platformasi” va KPI tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda yangi platformaning imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda KPI tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktorining raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hasanxon Yusupxo’jayev boshchiligidagi ishchi guruh mavzuni yoritib, yoshlar yetakchilarining savollariga javob berdi. 🔰Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/YKJ_Samarqand
Imechapishwa siku 20 zilizopita
Samarqandda kreativlik va media olamiga qiziqqan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat boshlandi! “Yosh mobilograflar maktabi”ga start berildi! Endi smartfon orqali professional darajada kontent yaratishni o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi bosqich boshlandi. Respublika bo‘ylab katta qiziqish bilan o‘tkazib kelinayotgan ushbu loyiha Samarqandda ham o‘z ishini rasman boshladi. 10 ta darsdan iborat bo‘lgan ushbu kurs davomida ishtirokchilar: — mobil video va foto olish sirlarini — montaj va kreativ yondashuvlarni — trenddagi kontent yaratish usullarini — shaxsiy blog yuritish va uni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganadilar Hozirning o‘zida 50 nafardan ortiq yoshlar ushbu darslarda faol qatnashmoqda. Mashg‘ulotlar nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda, interaktiv usullarda tashkil etilmoqda. Bu — shunchaki dars emas, bu o‘z brendingni yaratish, auditoriya topish va media sohasida o‘z o‘rningni egallash sari muhim qadam! 🔰Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/YKJ_Samarqand
Imechapishwa siku 22 zilizopita
YOSH TADBIRKORLAR FAOLIYATI OAV NIGOHIDA.... QULUPNAYCHILIK - DAROMADLI SOHA 🔰Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/YKJ_Samarqand
Imechapishwa siku 26 zilizopita
🇺🇿Bugun 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” Hozir ham oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetishimiz kerak. Ushbu sananing umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinayotganining zamirida ham aynan mana shu ezgu maqsad yotibdi. 👨🎓Fursatdan foydalanib, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni muborakbod etadi. 🕊 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, aziz vatandoshlar! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram📱Instagram 📱Facebook🌐Sayt
Imechapishwa siku 26 zilizopita
⚡️“AloqaBank” ko‘magida yoshlarning biznes tashabbuslari yangi bosqichga chiqmoqda Prezidentimizning 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida “AloqaBank” yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilishi ma’lum qilingan edi. Bugun ushbu tashabbus amaliy natijalarda o‘z aksini topmoqda. “AloqaBank” tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini real biznesga aylantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududlarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, buning natijasida o‘z kuchiga ishongan, imkoniyatdan unumli foydalangan va mehnati bilan muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar safi tobora kengaymoqda. “AloqaBank” ana shunday haqiqiy hayotiy misollar, mehnati va qat’iyati bilan muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlar haqida ilhomlantiruvchi rolikni taqdim etdi. Bu — yoshlarga berilgan ishonch va imkoniyatlar amalda qanday katta natijalarga olib kelayotganining yana bir yorqin ifodasidir. 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
Imechapishwa siku 27 zilizopita
Samarqandda maxsus seminar treninglar bo'lib o'tmoqda "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi hamda Germaniya shparkassalar fondining malakali trenerlari ishtirokida bir guruh yoshlarga Germaniya o'quv dasturi asosida maxsus seminar treninglar tashkil etilmoqda Ushbu maxsus seminar treninglar orqali ishtirokchilar bank, kredit, omonat va boshqa moliyaviy bilimlarga ega bo‘lishlari va mustahkamlashlari mumkinligi amaliy mashg‘ulotlar orqali tushintirib o'tilmoqda. 🔰Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/YKJ_Samarqand
Imechapishwa siku 28 zilizopita
Samarqand shahrida "Kasblar festivali" oʻtkazilmoqda Ayni paytda Samarqand shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida 5-may — “Kasb va mehnat kuni” hamda haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan yirik “Kasblar festivali” tashkil etilmoqda. Festivalda viloyatdagi barcha texnikumlar ishtirok etib, yoshlar uchun kasb-hunar yo‘nalishlari, zamonaviy mutaxassisliklar va ta’lim imkoniyatlari namoyish etilyapti. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar texnikumlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lishmoqda. 🔰Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/YKJ_Samarqand
Imechapishwa siku 28 zilizopita
⚡️Qadrli kuzatuvchilar! Safingizda biznes bilan shug‘ullanayotganlar bormi? Sizni ayni paytda qiynayotgan muammo hamda to‘siqlarni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Sizning javoblaringiz juda muhim. 👉So‘rovnomada ishtirok etish👈 Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram📱Facebook📱Instagram
Imechapishwa 5 Mei
⚡️Bepul zamonaviy kasb egallab, daromad topishni xohlaysizmi? 📲“Yosh mobilograflar maktabi” loyihasining 2-mavsumiga start berilmoqda! Yigit-qizlarni zamonaviy kasblarni mutlaqo bepul o‘rgatishni maqsad qilgan loyihada siz kursni to‘liq tugatmasdan turib daromad qilishni boshlashingiz mumkin. Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganasiz: ✔️Mobilografiya sirlari; ✔️Professional montaj; ✔️Dron bilan ishlash; ✔️Sun’iy intellekt orqali kreativ kontent yaratish. Darslar o‘z ishining ustasi bo‘lgan tajribali mobilograf va videograflar tomonidan amaliy hamda nazariy tarzda olib boriladi. Eng muhimi, siz shunchaki kasb o‘rganib qolmaysiz, balki o‘qish jarayonining o‘zidayoq ilk daromadingizni topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. O‘z o‘rningizni hoziroq band qiling! ✅Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshmobilografbot