Maudhui
Hurmatli Jahongir Abidovich Ortiqxo‘jayev, Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizning rahbarlik faoliyatingiz nafaqat boshqaruv, balki chinakam ustozlik maktabidir. Har bir qaroringiz, har bir ko‘rsatgan yo‘lingiz jamoamiz uchun dars va ilhom manbaiga aylanmoqda. Siz bizga faqat natijaga intilishni emas, balki jamoaviylik, mas’uliyat va fidoyilikni ham o‘rgatyapsiz. Bugun Artel kompaniyasining erishayotgan yutuqlarida sizning donoligingiz va qat’iyatingizning o‘rni beqiyosdir. Siz jamoani ilhomlantiribgina qolmay, har bir xodimning ichki salohiyatini yuzaga chiqarishga yordam berasiz. Ana shu fazilatlaringiz tufayli kompaniyamiz nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham ishonchli va yetakchi brend sifatida tanilmoqda. Hurmatli Jahongir Abidovich, sizning kuchli irodangiz, kelajakni oldindan ko‘ra bilishingiz va mehnatsevarligingiz biz uchun katta maktabdir. Sizga mustahkam sog‘liq, bardavom kuch-g‘ayrat, baxtli umr va yangi-yangi zafarlar tilaymiz. Hurmat bilan, Artel jamoasi 💬Telegram📱Instagram📱Facebook📺Youtube