Maudhui
16 - mart kuni Artel electronics kompaniyasi hamda Koreyaning Toshkentdagi yetakchi universitetlaridan biri Adju universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik asosida universitetda oʻqitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, 3D modellarni va ishlab chiqarish jarayonlarini simulyatsiya qiluvchi dasturlarni vosita sifatida qoʻllash taʼlim jarayoniga keng koʻlamda joriy etiladi. Artel homiylik asosida universitetni zamonaviy maishiy texnika namunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, Artel savdo belgisi ostida ikkita leksiya zalini jihozlashni koʻzda tutganmiz. Bundan tashqari taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish uchun hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa turdagi tadbirlarni oʻtkazish kelishib olindi. Batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. ____________ 16 марта был подписан Меморандум о сотрудничестве между компанией Аrtel Electronics и Корейским университетом Аджу в Ташкенте. На основе этого сотрудничества в учебный процесс будут внедряться современные методы обучения в университете, компьютерные технологии, 3D-модели и программное обеспечение, имитирующее производственные процессы. Artel планирует обеспечить университет современной бытовой техникой и учебными материалами, поддерживать и поощрять исследования и инновации. Также было решено совместно публиковать научные статьи, проводить конференции, семинары и другие мероприятия для углубления интеграции между образованием, наукой и промышленностью. Более подробно читайте по ссылке.