TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Maudhui ya chapisho
Maudhui
Artel kompaniyasi maishiy texnika va elektronika eksporti hududlarini faol kengaytirishni davom ettirmoqda. Afrika qit'asining Sharqiy qismida joylashgan Tanzaniya Birlashgan Respublikasi kompaniyaning yangi biznes hamkoriga aylandi. Vakillar bilan muhokamalardan so'ng ikki tomonlama hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi. Ta'kidlash lozimki qisqa vaqt ichida televizorlarning birinchi, 100 000 AQSh dollari hajmidagi jo'natmasi amalga oshirildi. Maishiy texnika eksportining bunday tez sur'atlar bilan o'sishi Artel brendining mavqei va taniqliligiga nafaqat MDH mamlakatlarida, balki butun dunyoda ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. #artel#arteluz#экспорт#Tanzaniya