Maudhui
Muvaffaqiyat yo'limiz 2011- yil oshxona plitalarini ishlab chiqarishdan boshlangan. Biz tendensiyalarni o'rgandik, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirdik, sinovdan o'tkazdik va jarayonni optimal natijalarga yetkazdik. Biz texnikani munosib darajada ishlab chiqarishni istaganmiz va bu istagimiz bizni hali ham tark etgani yo'q! Rivojlanish bosqichida xalqaro ekspertlarning ko'magi bizga asqatdi, ularning kerakli tavsiyalarini oldik. Oradan 10 yil vaqt o'tib bugungi kunda Artel sifat standartlari talablariga javob beradigan ergonomik va ko'p funksiyali texnikalarni ishlab chiqaradi. Plitalarimizning zamonaviy dizayni turli xil shakllar, yuqori texnologiyalar va qulay foydalanishni o'z ichiga oladi. #Artel#ArtelUzb#DreamBig#HarKunYanadaYaxshiroq#КаждыйДеньЛучше