TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Artel
Artel avatar

TGINSIGHT POST

Post #276

@artelelectronics

Artel

Mionekano1,320Idadi ya mionekano
Imechapishwa1 Mei01/05/2021, 17:17
Maudhui ya chapisho

Maudhui

2012-yildan boshlab, Artelni keng qamrovli maishiy texnika ishlab chiqarish brendiga aylantirish haqida jiddiy bosh qotira boshladik. Biz uchun mahsulotlar turlarini odatiy maishiy texnikadan smart-elektronikagacha kengaytirish, mutlaqo yangi darajaga chiqish va rivojlanishning yanada yangi ufqlarini zabt etish o'ta muhim edi. Televizor ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish biz uchun ahamiyatga molik qadam bo'lib, milliy sanoatning yutug'iga aylandi. Avvaldan jarayon faqat ehtiyot qismlarni yig'ish bilan boshlangan bo'lsa, hozirgi kunga kelib murakkab komponentlardan biri bo'lgan, SMT - platalarini ham o'zimiz ishlab chiqarmoqdamiz. Qachonlardir - bu erishib bo'lmas orzudek ko'ringan, ammo 50 mingta televizor ishlab chiqarishni boshlab biz, bugungi kunda ushbu ko'rsatgichni yiliga 1 mln SKUga yetkazdik! Bu esa million aholiga ega shaharlarni texnika bilan ta'minlashga yetadi! Ulkan orzular qiling! #DreamBig #Artel#ArtelUzb#HarKunYanadaYaxshiroq#КаждыйДеньЛучше#телевизор