TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Artel
Artel avatar

TGINSIGHT POST

Post #367

@artelelectronics

Artel

Mionekano1,030Idadi ya mionekano
Imechapishwa26 Jun26/06/2021, 08:51
Maudhui ya chapisho

Maudhui

​Biz texnika ishlab chiqarishni boshlaganimizdan beri 10 yil vaqt o'tdi, ammo ushbu qisqa vaqt ichida biz notanish brenddan, Markaziy Osiyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandik. Faoliyatimiz boshida xaridorlar: "Bu haqiqatdan ham bizda ishlab chiqarilganmi?» deb hayron so'rashar edi. Hech kim Artelning el og'zida bo'lishini va dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari qatoridan joy olishini tasavvur ham qilmagandi. Bugun biz 12 mamlakatga yiliga 1 000 000 dan ortiq maishiy texnika eksport qilmoqdamiz. Artel gaz plitalari Qozog'iston bozorining 50% dan ko'proq qismini egallaydi, bizning kir yuvish mashinalarimiz Tojikiston aholisi orasida katta talabga ega va bozorning 70 foizini qamrab olgan. Har yili bu raqamlar iste'molchilarning ishonchlari bilan jadal ravishda o'sib bormoqda. Artel bosib o'tayotgan yo'l - bu orzuga ishonish, muvaffaqiyatga erishish va eng muhimi, hech qachon qo'l siltamaslikni anglatadi. Biz sizga ham orzuingizga shubhalanmaslikni, ulardan voz kechmaslikni va doimo orzularingiz sari shaxdam qadamlar tashlashingizni tilaymiz. _____________ С тех пор как мы начали производить технику прошло всего 10 лет, но за этот короткий период мы проделали колоссальный путь от неизвестного бренда, до одного из крупнейших производителей в Средней Азии. В самом начале нашего пути покупатели с удивлением переспрашивали: «Это действительно произведено у нас?» Никто даже предположить не мог, что Artel будет на слуху у каждого и стоять в одном ряду с крупнейшими производителями мира. Сегодня мы экспортируем в 12 стран более 1 000 000 единиц бытовой техники в год. Газовые плиты Artel занимают более 50% рынка Казахстана, в то время как наши стиральные машины пользуются большим спросом среди населения Таджикистана и охватили 70% рынка. С каждым годом эти цифры стремительно растут вместе с доверием потребителей. Весь путь Artel – это вера в мечту, что успех обязательно придет, главное никогда не опускать руки. Мы желаем и вам никогда не сдаваться, не сомневаться и упорно идти вперед к своей мечте! #Artel#ArtelUzb#Artel10Yoshda#HarKunYanadaYaxshiroq#КаждыйДеньЛучше#DreamBig