TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Artel
Artel avatar

TGINSIGHT POST

Post #415

@artelelectronics

Artel

Mionekano3,220Idadi ya mionekano
Imechapishwa13 Sep13/09/2021, 06:29
Maudhui ya chapisho

Maudhui

​Rasmiy munosabat So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Artel aksiya xalq uchun", "Arteldan xayriya" va "Artel xayriya" kabi soxta telegram kanallari ommalashib ketdi. Shu munosabat bilan Artel Electronics kompaniyasi rasmiy ravishda yuqorida nomlari sanab o‘tilgan telegram kanallarining kompaniyamizga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi. Artel Electronics haqidagi barcha rasmiy ma’lumotlar "Artel matbuot xizmati" va "Artel - har kuni yanada yaxshiroq" rasmiy kanallarida taqdim etilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, biz yurtdoshlarimizdan intellektual mulk huquqlarining buzilishiga olib keladigan, iste’molchilarni chalg‘itadigan va yolg‘on ma’lumot tarqatadigan turli kanal va guruhlarga ishonmasliklarini so‘raymiz. Shuni ta’kidlash kerakki, intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish va iste’molchilarni ataylab chalg‘itish hatto jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Ma’lumot o‘rnida, kompaniyamiz Artel savdo belgisining mualliflik huquqi buzilgani yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat yuborganini ma’lum qilamiz. ____ Официальное заявление В последнее время в социальных сетях стали популярными фейковые телеграм-каналы, такие как “Artel aksiya xalq uchun” (“Акция от Artel для народа” ), “Arteldan xayriya” va “Artel xayriya” (“Благотворительность от Artel” ). Настоящим, компания Artel Electronics официально заявляет что данные телеграм-каналы не имеют никакого отношения к нашей компании. Вся официальная информация о компании Artel Electronics предоставляется на официальных каналах “Artel matbuot xizmati” (“Пресс-служба Artel”) и “Artel – har kuni yanada yaxshiroq” (“Каждый день лучше с Artel“). В связи с вышеизложенным, мы просим наших соотечественников не доверять различным каналам и группам, нарушающим исключительные права интеллектуальной собственности, вводящим потребителей в заблуждение и распространяющим ложную информацию. Необходимо подчеркнуть, что незаконное использование объектов интеллектуальной собственности и введение потребителей в заблуждение может повлечь за собой вплоть до уголовной ответственности. В качестве информации сообщаем, что правообладателем товарных знаков Artel уже поданы соответствующие жалобы, в том числе, в правоохранительные органы Республики Узбекистан.