TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Artel
Artel avatar

TGINSIGHT POST

Post #588

@artelelectronics

Artel

Mionekano3,800Idadi ya mionekano
Imechapishwa8 Mei08/05/2022, 04:00
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Mushtipar ham o'zing, buyuk ham o'zing, Kuyinchak ham o'zing, kuyuk ham o'zing. Olamga tatirlik suyuk ham o'zing, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi. Seni To'maris deb, maqtaganim bor, Sen Temur beshigin tebratgan bedor, Sensan Bibixonim, Nodirai zor, Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi. Vatanni ona deb bekor aytilmas, Ona buyurganda yo'ldan qaytilmas, Sen o'zing Ka'bamsan, Baytul muqaddas, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi. Abdulla Oripov Xalqaro Onajonlar kuni muborak!