Maudhui
G'alaba muborak, Bahodir! Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempioni Bahodir Jalolov professional ringda bugun navbatdagi jangini oʻtkazdi. Unga belgiyalik Jek Mulovayi raqiblik qildi. Hamyurtimiz jangni oʻta faol boshlamadi. U aniq taktika asosida raunddan raundga kuchayib borishga intildi. Bahodir 2 va 3-raundlarda kuchli zarbalar bilan raqibini "silkitib" qoʻygan boʻlsa, toʻrtinchi raundda biroz xotirjamlikka berildi. Oltincha boʻlimda sportchimiz raqibini nokdaunga tushirdi. Tanaffus boʻlib qolgani uchun Jek nokautdan qutulib qoldi. Ammo soʻnggi 8-raundda Jalolov belgiyalik raqibini chuqur nokautga uchratdi. Artel kompaniyasining brend elchisi boʻlmish Bahodir Jalolovni mazkur g'alaba bilan butun kompaniya nomidan qutlaymiz. Ma'lumot uchun, bu Bahodirning profringdagi 11-jangi va 11-gʻalabasi bo'ldi.