TGINSIGHT CHAT
Chilonzor tumani Iqtisodiyot va moliya bo'limi
@chilonzor_imb
UchumiTaklif va mulohazalarni qabul qilish uchun maxsus bot: t.me/Openbudjet_taklifbot Manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani Qatartol ko'chasi 2/1-uy, Tel: 71-2735107; 33-4841994 "Tashabbusli budjet" jarayoni to'g'risida tezkor va ishonchli yangiliklar
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 43 · machapisho 508
Imechapishwa siku 15 zilizopita
"Open Budget" loyihasi qanchalik shaffof? 🟢 “Gapiring” tok-shousini 📹YOUTUBE kanalimizda tomosha qiling! Bizga obuna bo'ling: 😎Telegram😎Instagram📱YouTube
Imechapishwa 1 Mei
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 📣Hurmatli fuqarolar! 🌳 “Mening bog‘im” loyihasidaovoz berish jarayoni yakunlandi 📲 2026-yil 20-apreldan 30-aprelga qadar davom etgan jarayonda mamlakatimiz bo‘ylab “Ochiq Budjet” portali orqali 41,2 mingtadan ortiq ovoz berildi. 🏆Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, 208ta loyiha g‘olib deb topildi! 💰G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 52,0 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. ↪️G‘olib deb topilgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin. #mening_bogim#open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х
Hashtags
Imechapishwa 29 Apr
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 📈 2026-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan hududlar reytingi “Tashabbusli budjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan hududlar reytingi shakllantirildi. 📉 Reyting natijalari bilan batafsil quyidagihavola orqali tanishishingiz mumkin: ➡️Batafsil #open_budget#tashabbusli_budjet Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х
Hashtags
Imechapishwa 22 Apr
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 🌳“Mening bog‘im” doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi Ma’lumot uchun, hozirgi kunga “Mening bogʻim” loyihasining joriy yilgi mavsumida hududlardan jami 610 ta loyiha kelib tushdi. 📆 Ovoz berish bosqichi 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. 🔹Loyihalarga “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasiorqaliovoz berishingiz mumkin. “Yashil” kelajak – o‘z qo‘limizda! #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х
Hashtags
Imechapishwa 16 Apr
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 🏠 Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish joriy yilning 20-aprel kuni soat 14:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz. Subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini qoplab berish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi. ☑️ Ushbu dastur doirasida subsidiya olishda ariza beruvchi barcha ijtimoiy mezonlarga mos kelishi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi. Bunda, ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, kamida 15 yil pedagogik ish stajiga hamda oliy malaka toifasiga yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi lozim. Subsidiya olish uchun quyidagi usullar: 🟣 Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish; 🟣 MyGov mobil ilovasi; 🟣my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirishingiz mumkin. ❗️ Muhim eslatma! ➡️ Ariza beruvchi tomonidan ariza topshirish (baholash) davrida OneID tizimida shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash maqsadida tegishli ma’lumotlardan foydalanish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi lozim(tijorat banklari ro‘yxati quyida). Shuningdek, kredit tarixini olishga cheklov vaqtincha o‘rnatilmagan bo‘lishi kerak. Aks holda, ariza beruvchining kredit tarixini o‘rganish imkoniyati cheklanib, uning arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi. 🏦Ariza beruvchining kredit tarixi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligini baholash orqali subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklarining ro‘yxati: 1. “Agrobank” ATB 2. “Aloqabank” ATB 3. “Asakabank” AJ 4. “Asia Alliance Bank” ATB 5. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB 6. “Hamkorbank” ATB 7. “Ipak yo‘li” AITB 8. “Ipotekabank” OTP Group 9. “Mikrokreditbank” ATB 10. “Orient Finans” XATB 11. “Trastbank” XAB 12. “Turonbank” ATB 13. “Xalq banki” ATB 14. “O‘zmilliybank” AJ 15. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB #ipoteka#subsidiya#pedagoglar Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х
Hashtags
Imechapishwa 3 Apr
#Hisobot #Tashabbusli_budjet 📎Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayonining 2026-yil birinchi chorakda loyihalarni tashabbusli budjetlashtirish natijalari hisoboti. tashabbusli_budjet #open_budget 🔔 Qiziqarli maʼlumotlardan birinchi boʻlib xabardor boʻlish uchun kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/chilonzor_imb
Imechapishwa 1 Apr
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 🌳 “Mening bog‘im” loyihasining joriy yilgi mavsumi boshlandi Bugun, 1-apreldan “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘im” loyihasining 2026-yilgi mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda: 1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–10-aprel; 2️⃣ Saralash bosqichi — 11–20-aprel; 3️⃣ Ovoz berish bosqichi — 21–30-aprel kunlari o‘tkaziladi. “Yashil” kelajak – o‘z qo‘limizda! #mening_bogim#open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х
Hashtags
Imechapishwa 30 Mac
🏆🏅Chilonzor tumanida “Tashabbusli budjet” jarayoni 2026 yil 1 mavsumi yakunlari to‘g‘risida deputat Imamov Sanjarali Tolkinovich ma’lumoti⬇️ Chilonzor tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026 yil 1 mavsumi : “Loyiha qoldirish” 1 fevraldan 20 fevralga qadar 20 kun; “Loyihalarni saralash” 21 fevraldan 7 martga qadar 15 kun; “Saralashdan o‘tgan loyihalar bo‘yicha targ‘ibot bosqichi 8 martdan10 martga qadar 3 kun; “Ovoz berish jarayoni” 11 martdan 20 martga qadar 10 kun davom etdi va g‘oliblar aniqlandi. ➡️1-bosqichda fuqarolar tomonidan tuman hududidagi yechimi mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lgan 149 ta loyihalar kelib tushdi. 🚫2-bosqichda 149 loyiha ishchi komissiya, buyurtmachi tashkilotlar va tuman moderatori bilan birgalikda saralash jarayoni olib borildi. Saralash jarayonida 132 ta loyiha keyingi bosqichga o‘tkazildi. Qolgan 17 ta loyiha buyurtmachi tashkilotlar shuningdek Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga zid bo‘lganligi sababli hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlarga asosan rad etildi. 💬3-bosqichda 132 ta loyiha ovoz berish jarayonida qatnashdi va jami 42 598 ta ovoz bilan tuman aholisining 15 % qismi qatnashdi. 3-bosqich yakuni bilan Chilonzor tumani 18 ta, 18 797,9 mln.so‘mlik loyihalar g‘olib deb topildi. Shuningdek yana 1 ta loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-264-sonli qarorining; - 2-band a-kichik bandiga asosan tashabbusli budjet jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihani deputat tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilish; -3-band a-kichik bandiga asosan deputatlar har yili tashabbusli budjet jarayonlari doirasida tegishli saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayotiga va hududni rivojlantirishga bevosita ta’sir qiladigan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda “Ochiq budjet” axborot portalida (keyingi o‘rinlarda — portal) tanlaydi va mazkur tanlov loyihani O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish uchun asos ekanligi belgilangan. ✔️Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 71-Toshkent shahar saylov okrugi deputati Axmedov Durbek Qudratillaevich tomonidan ID: 053473189001 raqamli 188-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini qurilish ta’mirlash bilan bog‘liq 1 648,0 mln.so‘mlik tadbiri deputat tanloviga asosan “Ochiq budjet” elektron axborot portalida g‘olib deb topildi. G‘olib deb topilgan loyihalar nizom talablariga muvofiq 6 ta loyiha buyurtmachisi “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” etib belgilangan, qolgan 13 ta loyiha buyurtmachisi Chilonzor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ekanligini ma’lum qilaman. ✔️✔️✔️⭐️⭐️⭐️Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan➡️shu yerdatanishishingiz mumkin. “Tashabbusli budjet” — xalq budjeti! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi rasmiy sahifalari: 📱👉Telegram📱👉Facebook 📱👉YouTube
Imechapishwa 28 Mac
✔️📉↗️💬Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda: 🫴Chilonzor tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida; 📣🔈“Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali 2026-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan g‘olib deb topilgan loyihalarga mablag‘lar yo‘naltirish to‘g‘risida; 📊🗓️Chilonzor tumanida 2026-yil aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturini tasdiqlash hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 25-fevraldagi VII-20-19-14-0-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masalalar dastlabki tarzda eshitilib, muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. 📱Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi rasmiy sahifalari: 📱👉Telegram📱👉Facebook 📱👉YouTube
Imechapishwa 27 Mac
🎉 Chilonzor tumanida yana bitta gʻolib loyihalar e’lon qilindi! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-sonli qaroriga asosan. 🔔 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 71-Toshkent shahar saylov okrugi deputati Axmedov Durbek Qudratillayevich tomonidan ID: 053473189001 raqamli 188-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini qurilish ta’mirlash bilan bog‘liq 1 648,0 mln.so‘mlik tadbiri deputat tanloviga asosan “Ochiq budjet” elektron axborot portalida g‘olib deb topildi. 📣Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. 🏆Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerdatanishishingiz mumkin. “Tashabbusli budjet” — xalq budjeti! #tashabbusli_budjet#open_budget 🔔 Qiziqarli maʼlumotlardan birinchi boʻlib xabardor boʻlish uchun kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/chilonzor_imb Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х
Hashtags
Imechapishwa 20 Mac
🎉Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilinmoqda “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda tumanimiz bo‘ylab jami 42 ming 598 ta ovoz berildi. ✅Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, jami 18 ta an’anaviy loyiha gʻolib deb topildi! 📣Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. 🏆Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerdatanishishingiz mumkin. “Tashabbusli budjet” — xalq budjeti! #tashabbusli_budjet#open_budget 🔔 Qiziqarli maʼlumotlardan birinchi boʻlib xabardor boʻlish uchun kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/chilonzor_imb Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х
Hashtags
Imechapishwa 20 Mac
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ ⌛️ Ovoz berish jarayoni yakunlandi “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. 🏆 G‘olib loyihalar yaqin soatlarda e’lon qilinadi. #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х