TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← EnergoMenejer
EnergoMenejer avatar

TGINSIGHT POST

Post #1342

@energomenejer

EnergoMenejer

Mionekano739Idadi ya mionekano
Imechapishwa20 Nov20/11/2025, 04:50
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Toza havodan nafas oling Biz nafas olayotgan havo tarkibida hajm bo‘yicha 78,1% azot, 20,9% kislorod, 0,9% argon, 0,03% karbonat angidrid (CO₂) va yana 1% ga yetmagan boshqa gazlar mavjud. Inson yaxshi ishlashi va sog‘lom bo‘lishi uchun kislorod hamda karbonat angidrid ulushi me’yorida bo‘lishi kerak. Ammo ular ichida eng asosiy ko‘rsatkich — CO₂ miqdori, chunki uning ulushi orqali qolgan ko‘rsatkichlarga ham baho beriladi. CO₂ miqdorining oshishi insonda charchoq, uyquchanlik, e’tiborni jamlay olmaslik, ishchanlikning pasayishi va boshqa noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Agar uning ulushi yanada oshsa, nafas yetishmovchiligi, bosh aylanishi, hatto hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Keling, “Siz toza havodamisiz yoki yo‘q?” degan savolga CO₂ konsentratsiyasi orqali baho berib ko‘ramiz: O‘rmon havosi — 350 ppm Ko‘chadagi tabiiy toza havo — 450 ppm Xonada ruxsat etilgan me’yor — 700 ppm Uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, charchoq — 1000 ppm