Maudhui
Keling, “biz toza havodamizmi yoki yo‘q?” degan savolga CO₂ konsentratsiyasi orqali baho berib ko‘ramiz: O‘rmon havosi — 350 ppm Ko‘chadagi tabiiy toza havo — 450 ppm Xonada ruxsat etilgan me’yor — 700 ppm Uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, charchoq — 1000 ppm Ko‘ngil aynishi, e’tibor pasayishi — 2500 ppm 8 soat davomida eng cheklovchi ruxsat etilgan konsentratsiya — 5000 ppm Aslida xonada 700–800 ppm miqdordagi CO₂ bilan qisqa vaqt bo‘lish xavfsiz, lekin shunday havoda 1–2 soat turishning o‘ziyoq yuqoridagi noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Uzoq muddat shunday sharoitda yashash esa og‘ir kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bizda qurilayotgan ko‘plab uylarda havo almashinuvi tizimi yetarlicha o‘ylab chiqilmagan. Xonani isitish yoki sovitishda ham bu ko‘rsatkichlar hisobga olinmaydi. Inson ventilyatsiya past bo‘lgan xonalarda havodan O₂ yutib, CO₂ chiqaradi va o‘pka CO₂ ga o‘ta sezgir. Shuning uchun, xona sovuq bo‘lsa ham CO₂ ko‘payishi natijasida inson terlashi yoki o‘zini charchoq his qilishi mumkin. Muammoni qanday hal qilish mumkin? Juda oddiy. Bir xonada 1–2 kishi bo‘lsa, 1 soat ichida CO₂ darajasini me’yorda ushlab turish uchun taxminan 50 m³ havo almashishi kerak. 3 kishi uchun — 150 m³, 5–6 kishi uchun — 300 m³ havo talab etiladi. Xisoblash formulasi L = (G × 550) / (X2 – X1) Bu yerda: L — havo almashish hajmi (m³/soat) X1 — tashqaridiki CO₂ konsentratsiyasi (ppm) X2 — xonada siz istagan CO₂ me’yori (ppm) G — bitta inson chiqaradigan CO₂ (litr/soat) 550 — ppm ni G/m³ ga o‘tkazish koeffitsiyenti Inson bir soatda chiqaradigan CO₂ (G): Uyquda — 12 l/soat O‘tirib ishlaganda — 15 l/soat Ofis ishchisi — 18 l/soat Yurganda — 33 l/soat Og‘ir mehnatda — 63 l/soat Tashqi muhitdagi CO₂ konsentratsiyasi: Qishloq joylarda — 332 ppm Kichik shaharlarda — 409 ppm Katta shaharlarda — 511 ppm Havo almashishini rekuperatorlar va shaxtali ventilyatorlar yordamida to‘liq avtomatlashtirish mumkin. Hatto CO₂ datchiklarini rele orqali ulab, siz belgilagan me’yorga yetganda ventilyatsiya avtomatik ishga tushadi yoki shaxtalar ochilib-yopiladi. @energomenejer