Maudhui
Energetika sohasidagi taniqli ekspert, “SKB-energy company” kompaniyasi bosh direktori Sarvar Qurbonov tomonidan TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakulteti laboratoriyalariga tashrif amalga oshirildi. Bugun mamlakatimizda energetika sohasini jadal rivojlantirish uchun nafaqat ilg‘or texnologiyalar, balki yuqori malakali kadrlar ham suv va havodek zarur. Tashrif davomida Energetika fakultetida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv laboratoriyalari va amaliy mashg‘ulotlar uchun maxsus stend va qurilmalar bilan yaqindan tanishildi. Universitetdagi zamonaviy laboratoriyalar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularni real ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorlashga xizmat qilmoqda. Bunday tashriflar ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlab, raqobatbardosh va malakali energetik mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 📍Bizni kuzatib boring! @EnergetikaFakulteti