TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← EnergoMenejer
EnergoMenejer avatar

TGINSIGHT POST

Post #550

@energomenejer

EnergoMenejer

Mionekano1,290Idadi ya mionekano
Imechapishwa16 Ago16/08/2019, 12:26
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Хозирги вақтда электр энергия нархи ортганлиги муносабати билан қуёш панелларига қизиқиш ортиб бормоқда ва каналимиз мухлисларидан саволлар келаябдики Қуёш панелларини ўрнатиб давлат токидан фойдаланилмаса солиқлар борми деган. Шу масала бўйича жавоб 📌Soliq kodeksining 275-moddasiga asosan quyidagilarning mulkida boʻlgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi: 1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning; 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning; 3) oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning; 5) pensionerlarning; 6) I va II guruh nogironlarining; 7) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yohud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yohud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining); 🔖8) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga; Ushbu modda birinchi qismining 3, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon (60 kv.m) oʻlchami doirasida beriladi hamda imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli boʻladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ–1902-sonli va 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qarorlariga muvofiq, dastur doirasida qurilgan uy-joylar ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.📌 Шунинг учун қўрқмай қайта тикланувчи энергия манбаларидан фойдаланаверинглар @energomenejer