Maudhui
Yangi virusga qarshi antivirus! Koronavirus yomon narsa ekan, u oʻz ortidan odamlar orasida vahimavirus degan judayam xavfli kasallikni keltirib chiqararkan. Musulmon ilm oshiqlarining fikricha, vahimavirus asosan insonning qazo-yu qadarga boʻlgan ishonchini parchalab, shu tariqa iymon immunitetini yorib oʻtarkan va uning zarari koronavirusnikidan ham ayanchliroq boʻlishi kutilmoqda ekan! Lekin xavotirga oʻrin yoʻq deb ishontirishmoqda. Bu dardga qarshi samarali antivirus ming yillar oldin musulmon olimlar tomonidan yozib ketilgani aytilmoqda. Unga koʻra, bu dunyo shusiz ham oʻtkinchi ekanini yodda saqlab, har kuni Qurʼoni karimni tilovat qilish, uning maʼnolarini oʻqib fikr yuritish hamda kundalik hayotda Allohning zikrini koʻpaytirish vahimavirusga qarshi immunitetni oshirib, kasallanganlarni bu darddan xalos qila oladigan, hali bu virus yuqmaganlar uchun esa vaksina oʻrnida juda foydali vosita ekan. Bu xabarni tezlik bilan doʻstlaringizga ham ulashing. Oʻzingizni va yaqinlaringizni vahimavirusdan asrang! Soʻzsiz, tavfiq Allohdan. ®Javohir 📌@energomejer📌