TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← EnergoMenejer
EnergoMenejer avatar

TGINSIGHT POST

Post #820

@energomenejer

EnergoMenejer

Mionekano1,090Idadi ya mionekano
Imechapishwa1 Ago01/08/2022, 11:43
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Toza xavodan nafas oling Biz nafas olayotgan xavo tarkibida xajm boʼyicha 78.1% Аzot,Kislorod 20.9% kislorod, Аrgon 0.9%, Korbonat angidrid 0.03% va yana 6 ta 1% ga yetmagan moddalar mavjud. Inson yaxshi ishlashi va oʼzi sogʼlom saqlashi uchun kislorod va Korbonat angidrid ulishi normada boʼlishi kerak. Аmmo bular ichida Korbonad angidrid (CO2)miqdori asosiy koʼrsatgichdir chunki uning ulishi bilan qolganlariga baxo beriladi. CO2 miqdori oshishi insonda charchash, uyquga toʼymaslik, eʼtiborni bir joyga yigʼa olmaslik, ishchanlik va ayrim noxush xolatlarni keltirib chiqaradi. Аgar uning ulushi yanada ortsa insonda nafas yetishmovchiligi, bosh aylanishi, sudurgiga tushishi mumkin. Kelinglar Biz tozo xavo yoki yoʼq deyishimizga CO2ni kontsentratsiyasini koʼrib chiqamiz. Oʼrmon toza xavosi -350ppm Koʼchadagi normal toza xavo-450ppm Xonadagi ruxsat etilgan kontsentratsiya -700ppm Uyquchanlik, bosh ogʼrigʼi, charchash alomati -1000ppm Koʼngil aynishi, eʼtiborni jamlay olmaslik -2500ppm 8soat davomida eng chegaraviy ruxsat etilgan miqdor-5000 Аsli xonada 700-800ppm kontsentratsiya bilan qisqa vaqt nafas olish xavfli. Bundan kontsentratsiyali xavoda 1-2 soat turishni oʼzida yuqorida koʼrsatilgan kichik xolatlar, agar doim shunday yashalsa ogʼir kasalliklarga duchor boʼlinadi. Bizda xozir qurilayotgan uylarda xavo almashtirish sistemalari deyarli oʼylangani yoʼq. Bundan tashqari xonani sovitish va isitishda ham umuman bu koʼrsatgichlarga qaralmaydi. Inson xavo almashinuvi past boʼlgan xonalarda kislorod yutib CO2 chiqaradi. Oʼpkamiz esa CO2 ga juda sezgir xisoblanadi. Shuning uchun ham inson xonani sovitgani bilan xonada CO2 ortishi natijasida sovuqda ham terlash va charchashni sezasiz. Buni qanday yoʼllar bilan bartaraf qilish mumkin va qanday xisoblaymiz deb oʼylashingiz mumkin. Buning ichimi oddiy. Bita xonada 1-2 kishi ishlasa yoki dam olsa 1 soat davomida CO2 ni ushlab tarish uchun 50m3 ,ikki kishi 3 kishi uchun 150m3 xavo, 5-6 kishi uchun esa 300m3 xavo aylantirish kerak. Quyida berilgan formula orqali esa turli xil xolatlar uchun xavo almashish xajmini aniqlash mumkin. L=(Gx550)/(X2-X1) Bu yerda L – xavo almashish xajmi, m3/ch; X1 – tashqaridagi xavodagi CO2 kontsentratsiyasi, ppm; X2 –Xonadagi sizga kerak boʼlgan CO2 kontsentratsiyasi, ppm; G – Turli xolatldarda bitta inson ajratadigan CO2, L/soat; 550 –X1 i X2 oʼzgartirish koeffitsienti ppm v G/m3. G quyidagicha Uyqu vaqtida 12l/soat Oʼtirib ishlaganda 15l/soat Ofis ishchililariga 18l/soat Yurganda 33l/soat Ogʼir mexnat vaqtida 63l/soat Koʼchadagi CO2 kontsentratsiyasi Qishloq joylarida -332 ppm Kichik shaxarlarda 409 ppm Katta shaxarlarda 511 ppm Xavo almashishini rekuperatorlar va shaxtniy ventelyatorlar yordamida avtomatlashtirish mumkin. Xatto CO2 datchiklarini relelar bilan bogʼlab Sizga kerakli boʼlgan qiymatlarda ventilyatorlarni avtomatik tarzda ishlatish, shaxtalarni ochish yopishi mumkin. Xavo almashishini rekuperatorlar va shaxtniy ventelyatorlar yordamida avtomatlashtirish mumkin. Xatto CO2 datchiklarini relelar bilan bogʼlab Sizga kerakli boʼlgan qiymatlarda ventilyatorlarni avtomatik tarzda ishlatish, shaxtalarni ochish yopishi mumkin. 💡t.me/energomenejer💡