TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← EnergoMenejer
EnergoMenejer avatar

TGINSIGHT POST

Post #946

@energomenejer

EnergoMenejer

Mionekano2,580Idadi ya mionekano
Imechapishwa8 Jan08/01/2024, 08:22
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Internet nashrlarida xabar berilishicha Toshkentda 20 yoshli qiz issiq suvdan kuyish oqibatida vafot etgan. Mazkur voqeaga yuvinish xonasidagi qaynoq suv saqlovchi bak yorilib ketganligi sabab bo’lgan. Bemor tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. Bunday voqealar yuz bermasligi uchun ehtiyot choralarini ko'rib qo'yish lozim. Doim qurilmani sozligini tekshirish, turli hil begona shovqinlar aniqlash kerak. Bizni suvlar qattiq (Ph yuqori) bo'lganligi uchun 60-80 °C haroratdan oshirilsa suv bakida tuzlar toshga aylanib baklarga zarar yetkazishni boshlaydi. Yuqori xaroratda suvlarni qizitib turish elektr energiyasini sarfi ortishiga olib keladi. Ko'p hollarda yuqoridagi foto kabi suv qozonlarini yuvinish joyiga o'rnatish xavfli hisoblanadi. Suv qozoni tabiiy gazga ishlasa turli xil nosozliklar sabab birdan olov alangalanishi yoki boylerni portlatishi mumkin. Xavfsizlik choralari: 1. Suv isistish qozonlarini to'g'ri va mustahkam o'rnatish. 2. Qozonlarda suv haroratini o'rta darajada saqlash.